O'zbekona Portal


 ..::Xordiq..:::..Bekati::..
Bosh Saxifa » Sher'lar » Dil izxorlar:


Sizni uchratdim-u hayotimda ajoyib bir o`zgarish sodir bo`lganini angladim. Mana, sizni taniganim, aniqroq aytsam, sizni topganimga ham to`rt yil bo`libdi. Shu vaqt ichida siz mening xayollarim-u ko`nglimni butunlay asir etdingiz. Sevgi izhor etgan bo`lsangiz-da va bu ishqa meni osmonlarga qadar ko`targan bo`lsa-da qizlarga xos ehtiyotkorligim bois bo`lsa kerak “Yigitlarning sevgisi o`tkinchi bo`ladi, balki u bir kun kelib mendan a`lorog`iga duch kelar-u keyin meni unutib yuborar” degan o`y ko`nglimning bir chetida doim yashardi.
Bir kun shu haqda so`z ochdim. Shunda siz: “Nahotki to`rt yil ichida seni ishontira olmagan bo`lsam. Qanchalik sevishimni anglash shunchalik qiyinmi?” dedingiz bir oz og`ringanday. Sizni xafa qilmoqchi emasdim. Aslida muhabbatingiz qalbimni yorituvchi nurga o`xshaydi. Bu nur kelajak yo`llarimni ham nurafshon etib turardi. Sizni shunchalar sevamanki, yonimda bo`lsangiz ham sizni sog`inaman. Shunday bo`lsa-da na muhabbatim haqida, na sog`inchlarim haqida o`zingizga oshkora ayta olamayman. Lekin shuni yaxshi bilamanki, siz mening birinchi va yagona chin muhabbatimsiz.

Gulruh. Toshkent 2007 yil

: Reytingi: 3.4/8

Sevgi-oliy tuyg`u! sevish baxt, sevilish omad. Men baxtliman-seni sevdim. Sen oily ishq bo`lib yuragimni zabt etding! Qorong`u dunyoni yoritding. Bu qadar yonib sevilishimga bois nedur? Bunga o`zing sabab. Qudratingga ta`zim etaman. Mendek mag`rurni huzuringda boshim egilishiga erisha olding. Sen har tomonlaman go`zalsan! Zero, go`zallik oldida beixtiyor har qanday zot ham tiz cho`kadi, bosh egadi, ta`zim aylaydi. Men ham sendek go`zal bo`lishga intilaman. Ma`nan, qalban, aqlan go`zal bo`lgim keladi. Sen qudratmisan. Toshga ham jon baxsh eta oladigan kuch bor senda. Istasang cho`lni guliston aylaysan. Sening qudratingdan osmon ham pastlaydi. Yo`qni bor qilganingda, “Yo qudratingdan”, deya yoqa ushlayman. Senga bo`lgan muhabbatim ortadi yana. Mehru-muruvvatimsan! Mehring jonlarga jon bag`ishlay oladi. Istasang, tiriltira olasan, mehru muruvvating qarshisida lolu hayronman. Sen sinovchisan! Sinalmaganning sirtidan o`tmaysan. Mayli, siznab ko`r, sinayver, bardoshim yetadi. Zero, bardoshimning kuchligi ham mehru muruvvating qarshisida lolu hayronman. Sen sinovchisan! Sinalmaganning sirtidan o`tmaysan. Mayli, siznab ko`r, sinayver, bardoshim yetadi. Zero, bardoshimning kuchligi ham sendan meros!
Besanoq fazilatlaring ichidan eng yaxshisi kechirimliging! Sen kechira olasan “Otangni o`ldirganingga onangni ber” degan ibora ham kechirimlilik ulug` fazilat ekanligiga ishora emasmi?! Bu esa hammaning ham qo`lidan kelavermaydi. Zotan, bu fazilat senda to`la-to`kis namoyon bo`ladi. Shu bois ham seni sevamanda, ey buyuk fazilat sohibi. Baxtim qo`limda-sevdim, sevoldim. Ammo sevilish, sevimli bo`lish dushvor: senga yoqish uchun, muhabbating qozonish uchun, ne qilay, ey qo`lim yetmas ulug`im! Nazaringga tushmoq uchun ayt nima qilay! Huzuringga bormoq yo`lini ayt, qandoq boray? Savolimga yana o`zim javob topaman. Nazaringga tushmoq uchun go`zal bo`lman. Butun vujudim go`zallik sari intiladi, fikrim, o`yim, qalbim tozaradi, go`zal bo`ldi. Ko`rgan ko`zni quvontirar darajada bo`laman. Kiygan libosim bejirim va orasta bo`lishiga intilaman. Ha, senga yoqish uchun har tomonlaman go`zal bo`lish orzusi qalbimni zabt etadi. Ana o`shanda omad kulib boqadi. Sevilmoq baxti muyassar bo`ladi.
Sevgi shunday sehrli kuch ekanki, donishmand murabbiydan ham yaxshiroq tarbiyalay olarkan insonni. Ha, ana shunday buyuk sevging meni komil inson bo`lishga chorlab turibdi. Sengga yoqish uchun noyob fazilatlarni o`zimda mujassamlantirsam deyman. Muhabbating qalbimda o`chmas alnaga yoqdi, ana shu otash yuragimni lovullatyapti, u lov etib yonib, farrov o`chib qolmaydi. Balki so`nmas olov bo`lib gurullab yonaveradi. So`zimga ishon! Men shunchalar yonib sevdimki: kuya bo`lib qolishdan qo`rqaman, xolos. Atrofga boqsam, sening nigohingni sezaman. Erta tongda quyosh, sen bo`lib, kulib boqadi. Meni gullar chiroy ochib, muattar hidlarni taratib muborakbod etadi. Meni qushlar yoqimli sayrab ko`nglimga kuy, navo bag`ishlaydi. Ha, sening sevging shunchalar segrli! U olamni jozibador, maftunkor aylaydi. Hayotga muhabbat uyg`otadi. Ha, ana shunday otashin sevgi sehrlasin har bir yurakni, deya jar solgim keladi. Yo`l o`rtasida katta bir xarsang tosh yotibdi. Men bundan ranjimayman. Axir unga ham nigohing tushganda. Asta avaylab, chetga olib qo`yaman. Undan ham yaxshi bir xislat topaman. Bu tosh “xislatli tosh” deb qo`yaman. Salbiy holatdan ham ijobiy fazilat topgim keladi. Bu ham sening sevging tyfayli emasmi?!
Yaqinda bir go`zal dardini doston qilib qoldi. “Men uni shunchalar sevamanki, bu dard yuzimni za`faron, yuragimni qorong`u qilib qo`ydi. Shu dard meni o`ldiradi: Yo`q, yo`q, azizam bu dard hayotbaxsh dard, seni hayotga qaytaradi. So`nayotgan yurak olovini gurullatadi, senga katta hayot bag`ishlaydi dedim. Nahotki deya taajublandi u. Buning uchun o`zingda o`zingda qudratli kuch paydo qildi. Shunday dard ato etilganiga shukr qilgin, shukronalar ayt! Sevgi dardi ilohiy dard, yuragi butunlarga, qalbi tozalarga beriladigan dard bu. Sen unga loyiq bo`lishga harakat qil. Irodangning kuchliligini isbotla. O`zligingni, fazilatlaringni namoyon qil. Ana o`shanda sezasan sevgi nimaligini “Yaxshi, yomon amallaring ajrimi bor albatta, bu olamda” dedim. Ana shu so`zlarning o`ziyoq hayot bag`ishlaydi unga. U o`zini qushdek yengil sezyotganligini aytdi. Ha, sevgi shunday bir olovki, unga tengdir shoh, gado. Uning otashi yurakni yondiradi. Men ana shu otash taftidaman. Sen buyuk tabibsan, mening najotkorim, sendan davo kutaman, dardimga davo. Jamoling nasib qilishiga mushtoqman. Ana shu ulug` istak, noyob tilak qalbimni zabt etganligidan masrurman, mastman. Visol onlari qanchalik hayotbaxsh bo`lsa, uning ilinjida yashamoq ham nurga, ham ziyoga talpinmoq kabi azizu mukarramdir. Chashmaga intilgan tashna qalb misol visolingga yetmoqlik orzusi kuch bag`ishlab turibdi. Vujudimga muhabbatning qudrati ham ana shundanda chorasiz qolganimda ham senga suyanaman. Jumboq to`la hayotda qoqilmay yurishim ham seb tufayli. Anglab bo`lmas dunyoning sir-sinoatlari, senga bo`lgan aziz tuyg`ularim qarshisida lang ochilib ketadi, sehrini yo`qotadi. Jo`shqin muhabbating bilan tepayotgan yuragim, jamiyatdagi barchaga-oliy hilqat bo`lgan insonga ana shunday buyuk va mo`tabar, otashin sevgi nasib etsa edi, degan ulug` tuyg`u bilan urib turibdi.
Qani edi ongli zotning barchasida ham shunchaki yashamoqlik, shunchaki sevmoqlikka emas, balki haqiqiy, ilohiy muhabbatnasib etsa. Ana o`shanda ular ham men kabi hayotda bor bo`lmoqlikning, visolga yetmoqlikning naqadar oily ne`mat ekanligini bilib oladilar. Ana shunday hayotbaxsh tuyg`u zabt etsa edi yuraklarni. Ijobatli bo`lsa edi, bu orzu-tilaklarning. Yashasin oily tuyg`u!
“ Bekajon” gazetasidan olindi
: Reytingi: 4.2/5

Ha, men alaqachon muhabbat manzilidan uzoqlashib ketdim. Ketibman-u yuragimning nozik lavhalarini armon deya atalmish buyuk hukmdorga qul ekanimni sezmay qolibman.
Ishon, men seni baxtiyor etishni, baxtli ko`rishni o`zimning yagona shirin xayoliy orzuimga aylantirgandim. Afsus, buni istamading. Balki istagandirsan ham, lekin menga hech qachon sezdirmasding. O`zingni mening oldimda o`gacharoq tutarding. Ammo menga o`zingni qanday tutishingni ahamiyati yo`q edi. Chunki qalbimda ertakdagi egallagan shaxzodalar o`rnini egallab bo`lgan eding. Senga shunchalik qattiq bog`lanib qolgan edimki, bu bog`liqlikni hech kim, hech narsa, hech qachon uzolmasligiga ko`zim yetardi. Bu yo`lda hech kimning qurbi yetmasligini teran anglabman-u, sening, o`zingning borligingni unutibman. Nima bo`lgan taqdirda ham men baxtli edim va ana shu ne`matning shirin xayollari bilan toabad birga qolaman.
Hayotimdan, seni uchratganimdan naqadar baxtiyorman. Qalbimdagi abadiy sevgim bilan yashash naqadar totli baxt! Yo`q, xavotirlanma, men endi sevgimizning o`sha so`lim bog`lariga hech qachon qaytmayman. Chunki endi men o`zga olamlarga ketib bo`ldim. Esingdami, birga tinglagan qo`shiqlarimiz, birga o`tkazgan ajib onlarimiz. Ular mening dunyoyimda, xayoliy olamimda yashayveradi. Faqat bir narsadan qo`rqaman, bu- sening nigohlaring. Endi sening nigohlaring oldida tiz cho`kmaslikka ham o`zimda kuch topa olaman. Sening qarashingdagi sehrlovchi o`sha boqishlar endi o`z kuchini yo`qotdi. Endi sen umuman o`zga menga yod bo`lgan dunyosan. Men faqat xayolimdagi o`sha insonni bir umr sevaman va u so`ngi nafasimgacha men bilan yashayveradi. Men seni qanday bo`lsang, shundayligingcha sevardim. Goh-gohida sen uchun nelarga qodirligimdan o`zim ham qo`rqib ketardim. O`sha qo`rqinchlar bugun bizni bir umrga ayirdi. Men seni ham, o`zimni ham ayblamoqchi emasman. Bir xotirlagin-a, bizning tanishishimiz antiqa edi, mana bugun ayrilishimiz ham o`zgacha. Bilasanmi, inson hayotida bir umr baxtli yashamasligi mumkin, lekin u umrning qaysidir lahzalarini shu qadar baxtli baxtiyor o`tkazadiki, ana shu baxt, o`sha shirin onlar uni butun hayotini nurafshon etishga qodir. Nima bo`lganda ham, sen mening hayotimni o`zing bilmagan holda ma`nolarga to`ldirding. Ana shularning barchasi uchun sendan bir umr minnatdorman. Ehtimol, sening hayotingda sezilarli iz qoldirmagandirman, ammo birga o`tkazgan chog`larimizni eslaganingda hech bo`lmasa bir bora kulib qo`yarsan. Mendik, nodon bir qizning telbalarcha sevganimni xotirlaganingda yuzinga iliq bir tabssum yugursa-ana shu mening baxtim. Demak, hayotda sening bir bora jilmayishingga arzigulik biror ish qilishga ulguribman.
Yo`q, men sendan kechirim so`ramayman. Chunki sen qalbimdasan, sen mening o`zimsan…

Gulnora Imomberdiyeva .
TashGU talabasi.
Oila va Jamiyat gazetasidan.

: Reytingi: 2.3/3

Nigohlar… baxtdan masrur, sevgidan mast, mehru vafoga, sadoqatga, muhabbatga limmo-lim nigohlar. Armonga, azobga, jabr-stamga, g`amga, mo`ng, o`kinch, pushaymonga yo`g`rilgan ma`yus, mahzunnnigohlar. Kinoyaga, masxaralashga, mantiqsiz kamsitishlarga, “ajab bo`pti”, “hali ko`ramiz holini” kabi tig`larga makon nigohlar…
Iliqligi bilan yashashga undovchi rahm-shafqat, minnatdorlik, ezgulik nuri bilan boquvchi, qalb qo`ridan sizni-da, bahramand etuvchi ma`sum, ammo samimiy nigohlar. “Ichki dunyo ko`zgusi-ko`zlar” deyishadi, ko`zi kulgan kishining ba`zan borlig`I yig`lab turadi degan iboralarni esitib qolaman. Rostdek tuyuladi. “Kulgu o`zgalardan g`amni yashirish uchun niqob hisoblanadi”.
Insonga bu besh kunlik dunyoda faqat yaxshi yashash, chiroyli kiyinishga, katta lavozimilarda ishlashga intiladi. Puli, boyligi ko`p bo`lishini istaydi. Ko`pchiligimiz xudbinmiz. Har qanday bo`lsa-da, maqsadimizga erishishga harakat qilamiz. O`zgalar lavozimiga hasad bilan qaraymiz. Ana shu tuyron ko`zlarimiz bilan odamlar aybu nuqsonini qidiramiz, ozgina nishon topgudek bo`lsak, o`zimizni osmon-u falakda his qilamiz. Farishtadek beozor ko`rinishga urinamizu, atrofga, odamlarga bepisand, istehzoli nazar tashlaymiz.
Og`iru-yengilimizni kaftida ko`tarib yurgan zaminga emas, u olis osmonga qarab yuramiz. Shon-shunrat, mansab, kalondimog`lik kursilari itqitganda esa ko`ksimiz to`la pushaymon, afsus bilan ona yerga ta`zim qilamiz, chunki barcha gunoh-u, nuqsonlarimizni ana shu kamtar tuproq yashiradi-da. Baxt boshimizni ko`tarib qo`ysa, uni ezg`ilab aylanaveramiz, aylanaveramiz…
Ko`kka intilib, oyoq tagidagi toshga to`qishib yiqilganimizda tosh qolib, yerni tepamiz. Chunki u yumshoq, yomonlikka yomonlik qaytarishdan yiroq xilqat. Baribir, negadir, pastga tushgimiz, ertaga yerdan ham chuqurroqda qo`nim topishimiz haqida bilgimiz kelmaydi.
Umar Hayyom aytganidek: “Tuproqdan yaralgan, yana tuproqqa qaytishni o`ylamagan odamzod” nigohlarda mag`rurlik tug`iladi, yashaydi, o`ladi.
: Reytingi: 3.4/5

Ko`nglimninh podshohi, dilimning muhabbat borasida yakkayu yagona hokimi, qalbimning eng shirin orzu-umidlari, baxtu iqbolim bo`lgan Begimga!!!
“Begim… Tunu kun xayolim siz birla band. Necha bor maktub bitib, uni yuragim xazinasiga joyladim… Siz mening qalbimga shunday buyuk bir muhabbatni olib kirdingizki, bu farishtadek pokiza, go`dakdek beg`ubor ilohiy tuyg`u yuragimda nish urib qisqa vaqt ichida unib-o`sdi. Men siz baxsh etgan Olloh in`om qilgan bu ilohiy ishq tufayli baland osmonlarda muhabbatdan yaralgan jannat bog`larida sayr qildim. Ruhim falakda sizning vaslu visolingini istab charx urar ekan, tufroqdagi vujudim sizga talpinar, ikki chashmi qarog`im esa yo`llaringizga intizor boqar, quloqlarim sizning erkalovchi mayin ovozingizni eshitmakka ilhaq erdi.
Men baxtli edim…
Axir sevgidan qudratliroq kuch yo`q!!! Uning hammasini qaytara oladigan yurak ham yo`q!!! mening qalbimda faqatgina siz muhrlangan ekansiz. Buni hayotimga yashin tezligida kirib kelib dilimni vayron etgan Zaynab kelganiga chuqurroq his etdim… Hijron azoblarida qiynalganimdagina bildim sevgi va rashk azobini. Siz ketdingiz. Men sizni izlab topgandim. Topib murodimga yetdim degandim. Ko`ksingizga quyosh misoli botgandim. Ketdingiz… Meni hijron sahrolariga tashlab-da ketdingiz. Quvonchdan, baxtdan charx urib uchub yurgan ruhim o`z osmonidan quladi. Ammo bechora jismimga kirolmay onasini yo`qotgan qo`zichoqdek darbadar bo`lib qoldi. Chashmi qarog`imda o`kinch olam, anduh soya soldi. Ishq sharobidan mast bo`lgan ko`nglimni ayriliq, armon olovi chirmab, jismimni jizg`anak qilib kuydira boshladi.
Siz zaynabga ketdingiz… Ammo men sizni qarg`amadim. Qalbingizga ozor yetmog`ini istamadim. Ko`zlarimning yoshini bir tola sochingizning to`kilishiga ham arzitolmadim. Siz kelasiz… Bir vaqtlardagi quvonchingiz, shodligingiz, go`dakdek beg`ubor hissiyotingizm tongdanam oppoq orzularingiz, Tangri in`om etgan nurli, bokira hayotingizning bir imrlik hadyasi bo`lgan muhabbatingiz:

Kumushbibi yozdim
30 javzo. 1265 yil. Marg`ilon.

: Reytingi: 3.0/2

Bahor keldi. Olam mening nigohimda o`zgacha tus oldi. Tabiat go`zalligi vujudimda akslandi. Sen mening yuragimga mehmon bo`lding- Muhabbat! Seni “bu yorug` olamning qutlug` in`omi” dedilar. Quvondim. Lekin bu “in`om” vaqti kelib jonimga azob bo`ldi. Yurish-turishimda ajabtovur o`zgarish, huzur-halovatimdan ayrildim.
Tunlari beozor uyqumni, bolalik kulgularimni oldi. Yuragimga hayajon soldi. Men sendan kechmoq istadim Muhabat! Men seni qishning zalvorli tuniga, yaxmalak o`rmalagan qor uyumiga otdim. Biroz yengil tortdim. Lekin… Sen ayoz momoning ko`z yoshlari, qishning oxirgi yomg`irlari bo`lib, yana meni topding. Muhabbat, sen yana menga shirin azobu malollaring bilan dard berding. Men seni bahorning alvon qirlariga, oshiqlar ko`z yoshlari qon bo`lib to`kilganidan qip-qizil tus olgan lolazorga adashtirib keldim… Sen menga tortiq etilgan atirgul iforida yana qaytib kelding. Meni umid cho`lg`adi. “Balki men noto`g`ri qilayotgandirman?”-degan xayolga bordim. Lekin sen…
Men endi seni yozning sershovqin anhorlariga, bolalar cho`milayotgan ariqlarga tashlab yubordim. Tongda poyimda maysa bargida bir nima miltillab ko`zimni oldi. Engashib qaradim. Bu- o`z gunohini bilmay sarson qolgan sevgim edi… Sen yana meni topib kelding, Muhabbat!
Xayolparast kuz xazonlariga ko`mib yuborsam, kuni-kecha shaharni chang-to`zonga beomon burkagan shamol qanotida meni yana daraklab kelibsan.
O, asrlar silsilasida o`z qudrati bilan necha ming shohlarni, amirlarni bo`ysundirib, faqirlar kulbasini charog`on qilgan, baxtga cho`lg`agan ko`hna-yu boqiy tuyg`u! men seni har qanday yo`l bilan yo`qotishga harakat qilganligim rost. Vaholanki, allaqachon bir xudbin seni mening yuragimga ko`mgan, ko`mib ulgurgan ekan. Endi balsam, sen mening o`lsam suyagimda, sevsam yuragimda ekansan. Men seni o`zimniki bo`lishingni xohlovdim. Afsuski, sen meni “o`zimdan” begona qilding. Men seni o`z itoatimga olmoqchi edim. Sen meni bir zotga bo`ysundirib qo`yding. Buni, men endi uni sog`inib, yo`llarini poylab, xayollari bilan band bo`lib yashyapman.
Men seni oxiri boshimga qo`ydim. Ming bir o`y-fikr bo`lib, boshimni g`avlatding. Qaroqlarimda qotib qolgan ko`z yoshlarim bo`lding. Chehramda tabassum, tilimda shirin so`z bo`lding. Lekin shunisi yomon bo`ldiki, yuragimda bir og`riq bo`lding. Sen meni vaqtlar o`tib sevimli sirdoshim, bu yolg`on dunyoda bir yupanchim, shu el ichra obro`yim-orim bo`lding Muhabat!
Eshityapsanmi, osmonda qarg`alar aylanishyapti. Sen esa “Yana meni tashlab ketasanmi?”-deganday qarayapsan menga. E, yo`q, men seni endi tashlab ketmayman, sen ham mendan kechma Muhabbat!

Feruza Yo`ldosheva

: Reytingi: 2.7/3

Bu voqeaga ham bir yildan oshibdi… Mana, yana dillarni yayratuvchi bahor fasli kirib kelmoqda. Ikkalamiz ilk tanishgan chog`larimizda ham shu fasl hukmron edi. Atrofda ochilgan oppoq gullar go`yoki bizni tabriklash uchundek edi… Moviy osmonni tomosha qilardik, olis-olislarda suzayotgan siyrak bulutlar yoniga uchgimiz kelardi. Har safar yonimga kelganingda, menga gul tuhfa etarding. Atigi bir dona bo`lsa ham, ular men uchun yuzta guldan-da qadrli edi. Bizning ko`p sevishganlardan farqimiz shunda ediki, sevgimizni hech kimdan sir tutmasdik. Bundan ota-onalarimiz xam xabardor edilar. Bu esa bizning birga bo`lishimiz uchun, yana bir yengillik edi, xullas, bir-birimizdan ajralib qolishdan hecham qo`rqmasdik, lekin… . Biz bir-birimizni qanchalar sevardig-a?! sen bahor faslini yoqtirarding. Lekin negadir men sevgan kuz fasli senga hech yoqmasdi. Lekin bir kun kelib men ham shu faslni yomon ko`rib qolishim tushimga ham kirmagan edi…Aynan mana shu kuz fasli bizni bir-birimizdan to abad ayirdi… Afsus!
O`shanda kasalxonaga tushib qolganingda, vrachlar ahvoling o`ta darajada xavfli emasligini aytgandi. Lekin kegin balsam, ularni shunday deb aytishga sen majbur qilgan ekansan-da?! Aslida-chi, bu yorug` dunyodan bevaqt ko`z yumishingni bilgan ekansan. Oxirgi marta seni ko`rishga borganimda, o`zingni ancha yaxshi his etayotganding va men bundan xursand edim, sog`aygach, sayohatga chiqishga so`z berganding… shunda sen: “ Kechki payt yonimga kelib ovora bo`lma, ertaga bemalol darsinga borib kelaver, tong sahar menga javob berishadi va men uyga borgach, senga qung`iroq qilaman”,-deding. Men esa baribir kelishligimni aytdim. Sen esa bunga astoyidil qarshiling uchun, nachora rozi bo`ldim. Endi o`ylasam, o`shanda katta xato qilgan ekanman… Nega endi senga quloq soldim-a? Agar borganimda seni so`ngi marotaba ko`rarmidim… Balki bunga yuragim dosh beraolmay, meni o`zing bilan olib ketarmiding… o`shat tun yuragim juda notinch edi. Tuni bilan uxlay olmadim. Tong yorishishini intizorlik bilan kutdim, biroq, kutganda vaqt ham o`tmas ekan. Nihoyat tong yorishdi, negadir o`qishga oyog`im tortmay, sening yoningga shoshildim.ertalab ko`chaga chiqganimda, havo qop-qora bulut, qarg`alar tinmay aylanardi, buning ustiga juda kuchli shamol edi… xullas, juda xam kayfiyatni buzadigan havo edi. Kasalxonaga sening oldinga 2ta sen yaxshi ko`radigan shokolad etdim. Lekin… oila a`zolaringni o`ta kayfiyatsiz holati, onangning achchiq ko`z yoshlarini ko`rib, mening yuragimdan ham bir narsa uzilib ketdi. Hech kimga gapirmasdan to`g`ri xonanga kirdim, hatto vrachlar “Kirish mumkin emas” deb eshikka yozib qo`ygan bo`lsa xam…Kirdim, sen ko`zlaringni ochgan holda yotarding… Men esa biroz tinchlanib: “ Qarang, siz yoqtiradigan shokolad olib keldim, hali noushta qilmagandirsiz-a”-deya sizga gap boshladim, lekin sizdan sado chiqmsdi, hatto qayrilib ham qaramading… balsam… shunda o`zimni yo`qotib qo`yishimga ozgina qoldi, bor ovozim bilan baqirdim, vrachlar meni olib chiqib ketishdi… Nega, nega meni tashlab ketding? Menga shuni ravo ko`rdingmi? Baxtimizni shu yo`l bilan yakunlamoqchimiding?... Axir va`dalar unaqa emadi-ku?! Sening shu kichkina joning shunchalik katta dunyoga sig`madimi? Olloh sening o`rninga mening jonimni olsa bo`lmasmidi?! Xullas, bundan kegin sensiz bu dunyoda yashashdan maqsadim nima ekanligini ham bilmasdim… Agarda mening o`rnimga boshqa bilan birga ketib qolganingda ham bunchala kuymasdim… lekin sen bu yorug` olamni jimgina yolg`iz tark etding.o`shanda men o`kinib-o`kinib yig`ladim, osmon xam xuddi mening yig`lashimni kutib turgandek, bor ko`z yosharini to`kib-soldi…endi balsam, o`sha xosiyatsiz ob-havoning qora bulutlari- mening ko`z yoshlarim, uyimiz yonida pastlab uchayotgan qarg`alar- sening vafoting darakchilari va o`sha qattiq shamol-seni uzoq-uzoqlarga olib ketish uchun shay bo`lishgan ekan. Ana shun kundayoq men kuz faslini juda ham yomon ko`rib qoldim, demak sen ham bejiz bu faslni yoqtirmas ekansan…
Mana, hozir bahor fasli, bu yerdagi har bir tanish manzara-seni elatadi menga. Qalbimga chiroq yoqsa yorishmaydi, yo`lda ketarkanman, har bir qadamimda seni eslab borayapman… men endigina shirin muhabbat sharbatidan ichayotganimda unga zahar qo`shildi va bir kundayoq hayotimni qaytib bo`lmas, o`zgarishlarga olib keldi. Sening otash muhabbating-mening bir umrlik chuqur armonimga aylandi…
Shohista Nortojiyeva
: Reytingi: 3.2/5

Nega buncha kamnamosan? Yuragim notinch tepadi: “Sog`mikin?” Kechki mashg`uloting tugashini intizor kutamanu, tun qorong`usida turli xayollar qurshovida beixtiyor sening ko`chang tomon burilaman. Ko`p qavatli binodagi havorang darparda tortilgan tanish derazaga termulaman: “Chiroq bor, demak bedorsan”. Yengil nafas olgan ko`yi qarag`ayning yo`g`on tanasiga behol suyanamn-u, o`yga tolaman. Nimalar qilayotgan ekansan? Seni chaqiray desam, dildan syhbatlashay, yuragimni senga bir damginaga to`kib solay desam ilojsizman… chunki sen buni xohlamaysan…
* * * * * * * * *
- Tashlab ketmaysizmi?-erkalanib so`rayman.
- Hecham!-so`zing qat`iy, “soddaginam”, deb suyadi chanqoq ko`zlaring.
- Aldamaysiz-a?-so`zlaringda qoniqsam ham takrorlayman.
- Aslo! Tashlab ketishim mumkin, qachonki oxirgi nafasimda. U ham bo`lsa ilojsizlikdan!
- So`zlaringda-ehtiros, mehr, vafo, ishq.
Shundan keyin seni sevmay, senga ishonmay, senga talpinmay bo`ladimi? Ketding. Ishq torini parchalading-u, ketding… Qaytmas bo`lib ketding… Nega? Qachon? Qay tariqa ranjitganman seni? So`ngsiz savollarim javobsiz… savollarim javob kutmoqda… javob ber…
: Reytingi: 2.3/3

SALOM SARDOR MIRZO! MANGA SIZZI SAYTIZ JUDAYAM YOQDI ILOJI BOSA XAT YOZISHIB TURILI MANAM DILIMDIGILANI YOZMOQCHIYDIM AGAR YOQSA ET BETGA YOZIB QOYARSIZ.
SIZZI SHU DARAJADA SOG'INAMANKI XATTO YONIMDA TURGANIZDAYAM QALBIMNI SOG'INCH O'RTAYDI.SIZZI SHUNDAY SOG'INAMANKI SIZZI KULISHLARIZDA FAQAT VA FAQAT O'ZIMNI KO'RGIM KELADI.SIZZZI XAR DOIM XURSAND SHOD KO'RGIM KELADI.BILAMAN TAQDIRIMIZ BOSHQA BARBIR OTA-ONAMIZANI XOXISHLARIGA QARSHI BORA OLMIYMIZA LEKIN TAQDIR MANGA SIZZI UCHRATGANIDAN BAXTLIMAN CHUNKI MAN SIZZI SEVISH BAXTIGA MUYASSAR BO'LDIM.YAQINDA SHAXZODANI AYIRMA QOSHIGINI ESHITIB QOLDIM XUDDI SIZ BILAN MAN XAQIMDA ETVOTGANDEK BO'LDI.YIG'LADIM.NEGA ENDI BUNAQA BO'LISHI KERE?NEGA AXIR IKKALAMIZAYAM BIR-BIRIMIZANI SEVAMIZAKU LEKIN NOILOJMIZ.BU SAMIYMIY POK TUYG'UNI NEGA ASRAB QOLA OLMIYMIZA?
MANI XAR BIR YURAK URISHIMDA XUDDI SIZZI ISMIZZI BUTUN DUNYOGA JAR SOGANDEK BONG URADI.SIZ YONIMDAMASLIGIZDA XAYOLLARIM SIZ TOMON UCHIB KETADI.SIZZI SOG'INAMAN SIZZI KO'RGIM KELADI YONIMDALIGIZDA XAMMA DUNYO TASHVISHLARINI UNUTAMAN SIZZI KO'ZLARIZGA QARAGANIMDA XAYOTTA ENG BAXTLI ODAMDEK XIS QILAMAN O'ZIMNI CHUNKI SIZZI KOZLARIZDAYAM O'ZIMNI KO'RAMAN.SIZZI BIRINCHI KO'RGAN KUNIMNI ESLIYMAN SIZ MANGA UMUMAN YOQMAGANSIZ SIZ MANI JAXLIMMI CHIQARGANIDIZ O'SHANDA SIZ MAN UCHUN SHUNCHALI QADRLI INSONIM QALBIMNI YAGONASI BO'LISHIZZI XAYOLIMGAYAM KELTIRMAGANIDIM.SIZZI QAYSI ON QAY DAQIQA SHUNAQA QATTIQ SEVIB QOLDIM BILMADIM LEKIN ISHXONAMGA KELADIGAN KUNLARIZ KO'ZLARIM ESHIKKA NIGORON BO'LADIGAN PAYTGA ANCHA BO'LDI. KEYIN SIZZIYAM MANGA BEFARQMASLIGIZZI BILDIM XURSANDLIGIMDAN XUDDI OSMONDA UCHIB YURGANDEK XIS QILDIM OZIMNI AMMO ENDI OTA-ONALARIMIZNI QARSHILIGI ........XAMMA NARSAGA NUQTA QOYDI.
ENDI XAMMASI TAMOM
ENDI SIZ MANI USHALMAS ARMONIMSIZ MAN XAM SIZ UCHUN ENDI ARMONMAN BIRGA TUZGAN REJALARIMIZDA ENDI BOSHQA 2 BEGONA KISHI.OTA-ONAMIZ BIZGA RAVO KO'RGAN 2 KISHI...
: Reytingi: 2.6/5

Uzoqdan kimningdir qorasi ko'rinyapti. Yuragim entikib ketdi. Aniq bilaman: bu-sen! Uchrashganimizda ko'zlarimiz to'qnashib qolishidan qo'rqib, boshqa ko'chaga burildim. Panaroqdan turib ,tezroq o'tib ketishingni kutdim. Nihoyat yaqinlashding. Voajab, ne tongki sen g’oyatda aftiangoring bir ahvolda edi. Ko'nglim buzilib ketdi. Seni bu ahvolda hech ko'rmagan edim. Shu boisdan ham holingni ko'rib yurak bag'rim ezilib ketdi...
O’qishda o'qib yurgan kezlarimiz, meni muhabbatimga sazovor bo'lish uchun, qo'lingdan kelguncha harakat qilding. Nihoyat ishq ezgulik bilan g'alaba qozondi. Men sevgingni qabul qildim. Har kuni darsdan so'ng, orzu-umidlarimiz, kelajagimiz xususida suhbatlashib kelardik. Kursdoshlarimiz, do'stlarimiz bizga havas bilan boqardi. Ba'zida saodatli onlarimizga ko'z tegib qolishidan, seni yoqotib qo'yishdan qo'rqardim. Afsus, hayotda nimadan qo'rqsang, bir kun kelib shu hodisa sodir bo'lar ekan...
Dugonalarim kunda kunora sen haqingda bir gap topib yetkazishardi. Goh bir qiz bilan ko'rib qolishganini. Bu gaplarga bir ishonsam, ming ishonmasdim. Vaqti kelib, yonimga yuragimga qaytishingni bilardim. Ikki yillik hijrondan so'ng yana men tomon talpinding. Qilgan ishlaringdan afsuslanib, uzr so'rading. Telefondagi suhbatimizda qayg'uli ovozing bilan yuraklarimni zirqirratib ko'zingda yosh bilan aybingni tan olding. Seni allaqachon kechirgan edim. To'g'risi xafa emasdim. Aslida sevgini yuksaltirish uchun hijron ham kerak ekan. Men ishqimiz hajrda kamol topishini bilgan edim. Ammo ko'ngildagilarni oshkor eta olmadim. Seni allaqachon kechirib yuborganimni ayta olmadim. Hanuzgacha shu ishimdan afsuslaman. Sen "meni kechirmadi"deya o'ylading, chog'i boshqa qo'ng'iroq qilmading. Bilsang, o'sha kundan buyon oromim o'girlangan.
Bilasanmi, nega sen bilan uchrashishdan qochib, yashirindim? Ko'zlarim to'qnashib qolganida yuragim hapriqib, bo'yningga osilib yig'lashim mumkin edi.. Taqdirimiz, seni qo'lingda. Iltimos, yonimga qayt. Baxtli kunlarimizga birga qaytaylik. Sevgimizga umr tilaylik. Men seni kechiraman. Taqdiringga chizg’ilar chizma+.
Gulrux, Toshkent.
: Reytingi: 2.3/3

Bu dunyoda kimnidir kutdim, kutdim juda intizor bo'lib. Dardlarimni ichimga yutdim, ketganda ham yuragim to'lib. lekin dilda hamon bir savol. ertayu kech tinch qo'ymas meni, menku kutdim intizor bo'lib. kutganmikin hech kimsa meni!
Bazida o'zimga tushunmiman inson zoti ko'rmagan insoniniyam sevib qolishi mumkinmikin. yo' u bilan 2 yildan oshiqro vaqt telda gaplashganmanu uchrashishga o'zimda kuch topomaganman. Hozir o'ylab ko'rsam unga o'rganib qogankanman chunki hozir uni sog'inaman u bilan gaplashgim keladi afsus buni ilojisi yo' chunki u bilan shu narsaga kelishganmiz na iloj taqdir ekan! Lekin silaga shunaqa sayt ochganiyla uchun kattakon rahman. ishilaga omad tiliman.
MAN SANI SEVAMAN LEKIN BU SO'ZLARNI BOSHQA AYTMAYMAN CHUNKI JUDAYAM ODDIY BO'LGAN BU UCH SO'Z QALBIMDA SENGA NISBATAN UYG'ONGAN TUYG'UNI TO'LALIGICHA ISPODLOLMAYDI AHIR SENGA BO'LGAN SEVGIM HAMMA TUYG'ULARDAN YUQORI MUHABBATIM TAFTTA YER YUZIDAGI BARCHA GULHANLARDANHAM QAYNOQ SEN HAMROH BO'LGAN O'YLARIM OSMONDAGI SON-SANOQSIZ YULDUZLARDANHAM KO'PSENGA BO'LGAN ISHQIM VUJUDIMDA QON BO'LIB OQMOQDA YURAGIMNI HAR BIR ZARBIDA SENING ISMING TAKRORLANMOQDA ,YURAGIM ESA DUNYODAGI ENG GO'ZAL INSON YANI SEN TAMON TALPINMOQDA NAFAQAT MEN BUTUN OLAM SENGA MAFTUNDAY QUYOSH HAM AYNAN SAN UCHUN TONG SAHARDAN ZARIN NURLARINI TARATADI ,OY HAM SENING OSOISHTA OROM OLISHIN UCHUN TUNNI YORITADI, QUSHLARHAM FAQAT SAN UCHUN KUYLAYDI ,SHABODA SOCHLARINI SILASH UCHUN BIR-BOR ESADI MEN ESA FAQAT VA FAQAT SAN UCHUN YASHAYMAN HAR NAFASIMNI SANGA BAG'ISHLIMAN ,SAN BORSANKI ,MAN HAM BORMAN
SEVGILIM...................
MAN JUDAYAM BAHTLI INSONMAN CHUNKI HAYOTIMDA SEN BORSAN AZIZAM SEN PAYDO BO’LDIN MAZMUNSIZ HAYOTIM TUBDAN O'ZGARIB KETTI BIRDAY ZERKARLI KUNLARIM MAZMUNGA TO'LDI ENDI MENI O'YLARIM OLDINGIDEK BETARTIB EMAS ENDI HAYOLLARIMDA SEN BORSAN TUSHLARIMGA DILNI VAYRON ETUVCHI KUZ HAZON IZG’IMAS BALKI SEN SAYR QILAYOTGAN KO'KLAM BOG'LARI KIRMOQDA HATTO ARMONLARGA HAMROH ETUVCHI KUZ FASLI HAM SEN BILAN GO'ZAL FAQAT SEN TUFAYLI MENGA USHBU KUZNI SOVUQ SHAMOLLARI HAM YOQIMLIDUR HARGAL SHAMOLLAR MAYIN SOCHLARINGNI O'YNAGANIDA BILGINKI MEN CHEKSIZ MUHABBATIMNI ANA SHU SHABODAGA JOYLAGANMAN
ENDI MENI YURAGIMHAM BESARAMJON URMAYDI ENDI SENGA ENG SUYUKLI BO'LGAN INSONIMGA BO'LGAN SEVGIM YURAGIMNI QUVONCHGA TO'LDIRADI ENDI YURAGIMNI HAR BIR ZARBIDA SENI ISMING TAKRORLANADI ENDI MEN FAQAT SEN UCHUN YASHAYMAN BILGINKI MEN CHIN MUHABBATIM FAQAT VA FAQAT SEN UCHUNDUR MEN SENI SEVAMAN...................................................... SEVGILIM............................................................................................................

Nozimbek.
: Reytingi: 3.1/9

 

Shanba
11-Oktyabr-2008
04:37
Portalga Kirish
Xush Kelibsiz xurmatli Mexmon!
Login:
Parol:
 
Eslab Qolsinmi
Mini-Chat
Bizning Savollar
Siz qaysi jins soxibi (soxibasi)
Barcha Javoblar: 13159
Foydali Saytlar

www.SardorMirzo.Com O'zbekona Universal Portal © 2008