Aldama, aldovlar ovutmas meni Yaproqlar sasiga qulog`im tutdim Oydanda qizg`onib, kundanda seni Baxtning bekatida sabrsiz kutdim Kelmading sog`inchlar qoldi qon yutib Yo`l qarab ko`zlarim nuri to`kildi Ketdingku vaslinga zorni unutib Qalbimda bir mo`ngli qo`shiq to`qildi Xazonrez bargidek sarg`aydi qalbim Eng xo`ngi bardosh ham quladi sassiz Bosh uzra to`lin oy mo`ng`ayadi jim Go`yoki shivirlar eh bechora qiz….
Bechora qiz o’z to’yidan ko’ngli to’lmas, Kiprigi nam, yig’lab turar, meni ko’rmas, Yor-yorlari xo’rligimni yupatolmas Diydoringga to’yolmadim, yig’la singlim, Bu dunyoda muhabbatdan to’lmas ko’nglim...
Dardli qo’shiq kuylarimni senga atay, Sochlaringni o’zga yigit silar netay, Maktubingni o’tga tashlab yoqib ketay, Diydoringga to’yolmadim, yig’la singlim, Bu dunyoda muhabbatdan to’lmas ko’nglim...
Muhabbatning bu azobi ko’nglim tig’lar, Shabodalar yor sochini silab o’ynar, Men go’zalga, Go’zal yerga qarab yig’lar, Diydoringga to’yolmadim, yig’la singlim, Bu dunyoda muhabbatdan to’lmas ko’nglim...
Uni o`zimga ham ko`rgim kelmas ep, Uni bergim kelmas, hatto she`r, gulga. Aql yalinadi, nuqta qo`ygin deb, Qalb bo`lsa, o`rganib qolgan vergulga. Bir harfdan uyg`onmas savodsiz dunyo, Unga sog`inch sochgan unlar qiziqmas, Vergulgacha kechgan umr - bu ma`no! Nuqtadan keyingi kunlar qiziqmas. Shu ojiz yog`ochga yetdimi kuchim?... So`nib borar edi, xonamdagi sham, Bilib turib nuqta qo`ygani uchun, Sindirib tashladim, qalamimni ham. So`ng shikoyat qilding, qaynoq alamdan, Oq tutunga to`ldi, qalb umidlari, O`tga uloqtirdim, yongan qalamdan Kuygan yurakning keldi hidlari. Hamon, aql yalinadi, nuqta qo`ygin deb, Qalb bo`lsa, o`rganib qolgan vergulga. Istasang, so`k uni va hohlasang tep, U aylanib bo`lgan qizil she`r – gulga.
Suratlar qirqildi ikki bo`lakka, Sen u taraf qolding, men bu yon qarab. Oh, yolg`on ekan-ku, singmay yurakka- Ishq u tomon qoldi, ishonch bu taraf!
Erkalash ohangi g`azabga do`ndi. Shirin o`ylar esa tig`li xayolga. Notavon peshoba yozmishga ko`ndi, Kelajak aylandi mavhum savolga.
Men ketdim, sen qolding, oraliq-cheksiz, Bu hudud eng tiyra tundan-da qaro. Bir vaqtlar ko`ksimni to`ldirgan ul his Bu kun bitmas armon, dog` ko`chmas aro!
Taqdir bir kam yaralgan, dunyo emas, Bir telbaman, aql-u, xushga oshno emas. Dil o`kinchim:ketavering, ortga boqmay, Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas!
Yig`lab-yig`lab tugar bir kun ashkim bori, Kuylay-kuylay uziladi qalbim tori. Mayli yog`sin bu boshimga tog`lar qori, Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas!
Mayli mening osmonimga oy chiqmasin, Yurgan yo`lim, sahro bo`lsin, soy chiqmasin. Qabri uchun yer yuzidan joy chiqmasin, Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas!
Iltimosim: ortingizga boqmay keting, Baxtli kunda men telbani bir yod eting. So`ngi so`zim: baxtingizni mahkam tuting, Mening uchun siz baxtiyor bo`lsangiz bas
Biz baxtga intilib, armonga yetdik, Yellarda xazondek uchdi orzular. Qo`llarda gul turib vayronga yetdik, Baxtli kunlarimiz ko`pmas, oz ular.
Biz baxtga intilib, soxil tomonmas, Ko`ngillarga ishqdan ko`prik yasadik. O`tli xotiradan hamon ko`ngil mast, Oz bo`lsa ham, erkam, baxtli yashadik!
Biz baxtga intilib, kashf etdik armon, Faqat ko`ngil topdi, biro lam sayqal. Afsus, o`tgan kunlar uchun hech qachon, O`rnatib bo`lmaydi, bitta ham haykal…