O'zbekona Portal


 ..::Xordiq..:::..Bekati::..
Bosh Saxifa » Sher'lar » Islomiy She'rlar:


Islom olamidagi sherlardan baxramand bo'ling.
* * *
Qalbi iymon. Kitobi Qur’on. Dini islom. Payg’ambari Muhammad s.a.v. Umidi jannat. Qilmaydi minnat. Taqvosi go’zal. Niyati holis. Manzili olis bo’lgan pokiza qalb inson.
* * *
Garchi, haqligimni boshga etdim toj. Haqqimga talashdim, misoli halloj. Haqiqat qozonib anglamadim alhol. HAQning HAQligiga topmadim iloj.
* * *

O’ylasa o’y notinch qolar, dilga iztirob-tashvish solar. Yolg’izlikda nelar bo’lar, eh-o’ylasam aqlim tolar. Zulmatxona, tor koshona. Zarra nurdan yo’q nishona. Qo’shnisi bor so’zlasha olmas. Buncha sirli bu g’amxona. Eshigi bor ochilmaydi, ihtiyorlar sochilmaydi. Qo’riqchi yo’q qamaqxona, iloj boru qochilmaydi.
* * *

Jonin senga fido etgan, Onag seni ko’ra olmas. Qorning ochmi, to’qmi deya? bir-bor holing so’ra olmas. Senga sirdosh bo’lgan do’sting kelsa, yoning quchoq ochib, hursand bo’lib tabassum-la, kutolmaysan eshik ochib. Savol bersam, javobi yo’q. Ko’z ko’rmoqning iloji yo’q. Agar sherim davom etsa, yakun bo’lmas adog’i yo’q...
* * *

Umr maftunkordur islom-la o’tsa. O’lim ajoyibdir iymon-la o’tsa. Yanada go’zal bo’lur jumangiz agar, toat-la, hayr-la, duo-la o’tsa. Barchangizga jumadul ayyom hajjul masakin muborak bo’lsin.
* * *

Oylarning ichidagi, haftalarning bag’ridagi, kunlarning ulug’i bo’lmish, Jumadul ayyom, hajjul masokin, muborak bo’lsin. Allox shu muborak kun fazlidan barchamizani nasibador aylasin va Alloxim hammamizdan rozi bo’lsin.

: Reytingi: 5.0/7

Mabodo hazrati Muhammad
Uyingizga kelsa nogahon,
Qiziq, bir yo ikki kun tursa,
Qanday holga tusharsiz shu on?

Shubha yo'qki, eng go'zal uyni
Ajratasiz aziz mehmonga,
Totli ovqat, sarxil mevadan
Tortajaksiz mo'l dasturxonga.

Bu tashrifdan shodligingizni
Mehmonga bot qilgaysiz izhor.
Uyingizning to'ri uniki,
Xizmatdan-da behad baxtiyor.

Biroq uning siz tomon asta
Kelishini ko'rarkan, darhol
Chiqarmisiz qo'l qovushtirib
Xush kelibiz! debon bemalol?

Yoki uyga boshlashdan avval
O'zgartirib usti boshingiz,
Turli-tuman jurnal o'rniga
Qur'on qo'yib qo'yasizmi tez?

Tomoshalar ko'rmoq qasdida
Yoqasizmi oyna jahonni?
Yo zudlikda o'chirasizmi
Chiqmay turib ko'kka fig'oni?

Balki borib radio simin
Shiddat bilan uzib tashlarsiz?
Shukur, bir so'z eshitmadi, deb
Shartta olib buzib tashlarsiz?

Musiqani ko'zdan berkitib,
Olasizmi hadis kitobin?
Ichkariga qo'ymaysizmi yo
Eshitmayin deya xitobin?

Qiziq, agar o'shal payg'ambar
Siz-la tursa bir yo ikki kun,
Har galgiday o'z ishingizda
Davom etgaydirmisiz mamnun?

Kunda aytar so'zlaringizni
So'zlaysizmi o'shal damda ham?
Hayotingiz davom etarmi
Avvalgiday kunba-kun ildam?

Qanday bo'lsa oilada urf
Shundayicha etarmi davom?
Duo qilmoq og'ir kelmasmi
Yegandan so'ng har safar taom?

Har namozga ayni vaqtida
Qovoq uymay turasizmi shay?
Tong otmasdan uyg'onasizmi
Ibodatga dildan, og'rinmay?

Kuylarmisiz eski qo'shiq yo
Es ki kitob olinar qo'lga?
Ko'rsatarsiz ul zotga balki
Nelar yoqishini ko'ngulga?

Payg'ambarni olib ketarsiz
Borar joyingizga har galgi?
Rejangiz ham tamom o'zgarar
Bir yo ikki kungina balki?

Istarmisiz do'stlaringizning
Ul hazratni ko'rishlarini?
Yoxud qaytib ketguncha toki
Sal chetroqda yurishlarini?

Ne dersiz gar butun umrga
Sizning bilan qolsalar ul zot?
Yoki qaytib ketsalar oxir
Yengil tortib bo'larmisiz shod?

Qiziq, o'zni tutarsiz qandoq?
Ne ahvolga tushib ul zamon,
Uyingizda hazrat Muhammad
Bir-ikki kun bo'lsalar mehmon.

: Reytingi: 5.0/13

 
 
 
Ko'ringan guyohdan ifor izlama,

Shabnamga termulib g'ubor izlama,

O'ziga yukunib yig'lasang goh-goh,

Nasibang berguvchi Olloh bor ,Olloh

Tiriksan ,tugamas sira armoning,

Mehnating,tuzingdan topgan darmoning,

Gullab ketmasa bas tilda yolg'oning,

O'zingni o'zingdan etolsang ogoh

Seni qo'llaguvchi Olloh bor ,Olloh

Odamzod azaldan tomoshaga o'ch,

Yo'bars yo'llaringda har kun kelmas duch,

Himoyaga topsang vujudingda kuch,

O'zing o'zgalarga qazimasang choh,

Seni asraguvchi Olloh bor Olloh.

Kunduz quyosh ,oqshomda oy arzanda,

Yo'lga yarashasan yursang Vatanda,

Nogoh chaqib olsa bitta gazanda,

Dod solma, axir bor boshingda panoh,

Shifoni berguvchi Olloh bor Olloh.

Kelibsan ayo do'st ,ketishdan qo'rqma,

Bobong o'tgan yo'ldan o'tishdan qo'rqma,

Mangu makoningga etishdan qo'rqma,

dildan chiqsa LA ILAHA ILLALLOH,

Bandamsan deguvchi OOLOH bor OLLOH.

 

Mahmud Tour qalamiga mansub.
 
TOLIBJON Korea 

: (Web_Master) Reytingi: 5.0/5

O'lim shunday bir ko'prikki undan hamma o'tajak,

Kafan shunday bir kiyimki uni hamma kiyajak,

Tobut shunday bir otki unga hamma minajak,

Qabir shunday bir uyki unga hamma kirajak.


Reytingi: 5.0/1

Gohida yuragim to'lib ketganda,

Bevafo dunyoga to'yib ketganda,

xislarim begona bo'lib ketganda,

Sizni sog'inaman YA ROSULULLOH.


Reytingi: 4.7/3

 

Payshanba
28-Avgust-2008
09:57
Portalga Kirish
Xush Kelibsiz xurmatli Mexmon!
Login:
Parol:
 
Eslab Qolsinmi
Mini-Chat
Bizning Savollar
Bizning qaysi Saxifa yoqdi?
Barcha Javoblar: 20479
Foydali Saytlar

www.SardorMirzo.Com O'zbekona Universal Portal © 2008