Ko'zing-u, qalbingni zabt etgan to'lib Nafosat haqida sursang gar xayol. Nuqsonsiz go'zallik timsoli bo'lib Yurgan bir hasratdir xijobli ayol! Biroq oson emas yurmoq hijobda, Bugun bu ko'plarga kelmoqda malol. His qilar o'zini begona dunyo, Kelgindi xilqatdir xijobli ayol. Avj olgan buzuqlik, ma'siyatlardan, Ne-ne qadriyatlar bo'ldi-ku uvol. «Ey Robbim, panoh ber!» deya bulardan Berkingan suvratdir xijobli ayol. Ko'plar ayol nomin bo'lg'aydi tinmay, Avratlar ochilib, bo'lishar xush-hol. Taqvosin ko'rsatib, o'zin ko'rsatmay Saqlangan siyratdir xijobli ayol. Millat-u, dinini ko'plar unutib Gunohlar qa'rida toparkan zavol, Taqvosi timsoli, libosi bo'lib Diniga quvvatdir xijobli ayol. Behayo kimsalar, dinsiz johillar Masxara qilganda uni bemalol. «Allohim, ularga hidoyat ber», deb Eng yaxshi niyatdir xijobli ayol. Uning mauvjudligi ko'ngilga malham Ko'z quvnar, qalb esa bo'lmagay behol. Kitoblar yoqilib ketganida ham Islomga hujjatdir xijobli ayol! Da'vatlar to'xtagan telba diyorda Har kimning ko'nglida katta bir savol. Indamay ketsa ham ko'zlari erda Katta bir da'vatdir xijobli ayol. Unga havas qilgum, degum, «ey singlim, Erlarga taqvoda o'rnak bo'lib qol!» Iymondan voz kechgan erkaklar uchun Eng yaxshi ibratdir, xijobli ayol. QIZIM! Xayol surma, xayollar yomon Tuyg'ularga bermagin izn. Qur'on harfin o'rganib obdon Salim qalbga ega bo'l, qizim! Fisqqa chorlov seriallardan Kimdir izlar yolg'on Hizrni Mening munis, muslima qizim, Ro'moling-la yop televizorni. Sen dunyoga teran boqmoqni Qur'on hamda sunnat-la izla Dunyo mayda-chuyda deb kuysa Sen eng katta savdoni ko'zla. Bu savdoki, latta-puttaga Aldanmagan hayotiy ertak. Sen Oyishaga, Fotimalarga Yopishib ol misoli pechak. Hech ularni qo'yib yuborma, Sen ularni chindan bil ona. Boshingdagi ro'mol echilsa, Boshing ila tushsin mardona Qalbing ila Haqni tanigin Berilmagin falsafalarga Zargar dunyo aslida bitmish Yolg'on yashiq safsatalarga. Qizim, mening muslima qizim, Aqidangda hotirjam qolgin Hatto onang tobutin ko'rsang Allohdanmiz, deb ayta olgin. Bilib qo'yki, dunyo bevafo, Manzil oldi nasihat so'zim: Mendan ko'ra Rasulullohni Yaxshi ko'rsang, roziman, qizim! HAYOLI AYOLLAR HAQIDA XAYOLLAR Ayol haqda juda ko'plab asar bor... Asarlarda undan ham ko'p gaplar bor. Er zotiga husn bo'lsa jasorat, Ayollarga go'zal hulqu, nafosat. Er deb atagaylar haq so'z aytganni, Xushlamaslar o'z yo'lidan qaytganni. Ammo ayol borasida bo'lak so'z Nozik jinsni go'zal aylar ibo ko'z. Bo'lsin desang satrlarim bayti soz, Hayoli ayollar xayolida yoz. Erni ustun qo'yib ota-onadan, Ular uchun ordir chiqmoq xonadan! Xayollari zavji uchun bo'lingay, Tushida ham «dadasi” deb yalingay. O'zin sabr otliq o'tda toblaydi - Xudoga itoat deb hisoblaydi. Eri ranjib uydan chiqib ketsa goh, O'zin ayblar beshud deb har qanday chog'. Uzr so'rab charchamagay ba'zi dam Erin etmish marta tavof qilsa ham. Zavjiga chiroyli libosin kiyar, Er kulgusin ko'rsa taomdek to'yar. ... Hayrondirsiz, zamonamiz ayoli O'zgani maftun aylamak xayoli. Bormi ushbu mulohaza talqini: Ayol degan so'ramasmi haqini? Javobimiz oddiydir, ey birodar, Ayol dinda erkak bilan barobar. Ammo ayol siyratining afzali Hulqu itoatda bekam go'zali! Chunki shunday yashab o'tgan Fotima, Shundan o'zingga ol go'zal xotima. Fotimai Zahro qilmay hech irim, Alidan yig'lablar so'rmish kechirim. Ko'zi shishgan qizin Rosul ko'rmishlar, Bu holatning bayonini so'rmishlar. Tinglab kuyav tutgan og'ir mavqifni, Qara, qanday beribdilar tavsifni: Rosul demish: “bo'lmasaydi shul ta'zim, Jahannamga tushardingiz, jon qizim!” Xoy onalar, xoy ayollar, tinglangiz, Qay ahvolda Rosululloh suygan qiz! Siz nelarni istayapsiz, bilmadim, Siyrat o'qib, yot xulosa qilmadim. Erlar maqtalganin ko'rdim janggohda, Ayollarni eri suygan dargohda! Olam suygan olima ayollar ham Qilmaganlar johil erlarin mulzam! Ey ojiza, extimol, bu kulgudir, Lek olimalik nasibasi shudir! O'tmish guvoh, singigan qonigacha Erin kutgan umr poyonigacha. Erkak ona poyidan istar jannat, Er bosgan iz ayoliga kifoyat! Ahli oqil bu so'zlarga kulmaydi Tarix boshqa rivoyatni bilmaydi! QIYOMAT Qiyomat yaqinlab qolgani ayon, Ayollar erlarning libosin kiymish, Avrat-u, xayoning ko'chasin toptab Xatto mayin bo'lib so'zlamay qo'ymish. Rasululloh bir kun qo'rqib so'zlagan Kunlar boshimizda turibdi qarang. Atrofning yalong'och turgan holiga Ko'taramiz xatto boshimiz arang. Tuyaning o'rkachin tasvirlab go'yo Jannatning hididan voz kechgan ayol Nahot umri bo'yi vaqt topib bir tun O'ziga bir bora bermagan savol: Xoy, men kim o'zi, jinsim ne erur, Yarasharmi menga shu yovuz xilqat? Ayollik libosin bir chetga otib Asl go'zallikdan ayrildim faqat, Bolamning nigohi menga yovqarash, Erimning ko'nglida yo'qolgan xohish. Men qancha urinmay, aslimdan shuncha Uzoqlashib ketdim, tingandek tovush... Ovozim erkakcha, yurishim g'alat, Shimning o'rtasida yig'laydi hayo. Ajabo, shunchalar xorlik bo'lurmi, Tubanlik bo'lurmi, do'stlar, ajabo. Ayolning ko'nglida insofi bo'lsa, Ushbu savollarni berardi bir tun O'ech qursa o'qidan qochib boryotgan O'g'illari uchun, qizlari uchun... Afsus, ushbu holga faqat ayolmas, Balki erlarning ham ayblari mavjud. Rashk o'tin o'chirgach zino-yu faxsh-la, Dayuslik kasbiga ko'rar taraddud. Nardadan boshini ko'tara olmay, Ayollarga turmush yuklagan qopin Odamdan yaxshilik ko'rmoqchilarga Ayturmiz olimlar qilgan xitobin Ular o'zlarini erkak desalar, Dunyoda eng katta bo'lurlar kazzob, Chunki nikoh kuni bergan ahdiga Qilmishlar hiyonat, berolmay javob. Ularda mag'rurlik asli yo'q xislat, Ularni iymon ham aylamish xalos. Ularning egnidan joy olgan ko'ylak Faqatgina tashqi ko'rinish, xolos. Hayxot, bu dunyoning ishi ters bo'ldi, Yaxshilar ko'ngildan yig'lab o'tmishlar Ayolin ko'chaga qo'yganlar bugun Ertaga bolaga ko'krak tutmishlar, Hali bu ketishda vazifalar ham O'zgararmi ayol, er nasli uchun, Go'yoki quyoshning tunda chiqishi, Oyning otishi-la ochiladi kun... Yo'q, do'stlar, iymon bor, ishonch bor ekan, Bunga yo'l qo'yilmas hech qachon, hech vaqt. Har kim o'z fitrati, o'z tabiati Amriga binoan yashamoqlik - baxt. Hadisdan oddiy bir xulosam shulki, Ko'r qilar bu ko'zni qamashtirganlar Aslida qiyomat kunin tezlatar Ana o'shanday jins almashtirganlar. SINGILJONLAR! Ko'rarga ko'z quvonsin, komil bo'lsin iymonlar, Sof qo'shig'in tinglasin asli dorulmakonlar, Tubsiz jarlik oldida tebranib turibmiz-ku, Xamzalarni dunyoga keltiring, singiljonlar! Saodat shamolini eldiring, singiljonlar, Har kimga ma'lum, mashhur oyat-u, dalil, hadis. Lek ko'ngillar negadir ma'siyatlarga haris... Og'zi yumuq ummatga taqdim eting mudarris - Mus'ablarni dunyoga keltiring, singiljonlar! Saodat shamolini eldiring, singiljonlar, Sifatdan darak bering, shart emas millionta son Daraxtdan uzilgan barg atalar barbir hazon Qora yuzli bo'lsa ham aytolsin qo'rqmay azon Bilollarni dunyoga keltiring, singiljonlar! Saodat shamolini eldiring, singiljonlar, Islom ummati unga tilasin shon-sharaflar, «Alloh ulug'» deganda titrasin to'rt taraflar Qonidan mahzun bo'lib dod ko'tarsin Mushaflar Usmonlarni dunyoga keltiring, singiljonlar! Saodat shamolini eldiring, singiljonlar, Bukun shamol misoli elar farzandlar kerak, Jonini sherigiga tilar farzandlar kerak, Janggohlarda uyqusi kelar farzandlar kerak Alilarni dunyoga keltiring, singiljonlar! Saodat shamolini eldiring, singiljonlar, Umid sizgadir bukun, maydonda shay ko'rining, Sizdan yordam bittadir xoh turtinib surining: Tug'sangiz gar ming yillik dostonlarga urining Umarlarni dunyoga keltiring, singiljonlar! Saodat shamolini eldiring, singiljonlar, |