:::O'zbekona:::Portal:::

Bosh Saxifa | A'zo bo'ling | KIRISH
Dushanba, 13-Oktyabr-2008, 01:03
Siz bizning qadrdon Mexmon | RSS
MENYU
Islom Olami
Islom Dunyosi [93]
Saodat asri qissalari [7]
Qur'oniy duolar [6]
SAVOLLAR
Bizning qaysi Saxifa yoqdi?
Barcha Javoblar: 20567
Mini-Chat
Bosh Saxifa » Статьи » Islom Olami » Islom Dunyosi

Izhor ortidagi xavotir
Ommaviy axborot vositalarida qizlarning kiyinish madaniyati haqidagi ko'p va xo'p yozildi. Bu chiqishlarning ta'sir doirasi nechog'lik bo'lmoqda, bilmadigu bizni qizlarimizning ma'naviy dunyoqarashga oid yana bir jihat o'ziga tortdi. Aslida bu to'g'rida yozish ham biroz noqulay. Shunday bo'lsa-da, matbuot nashrlarini kundan-kun «bezab» borayotgan dil izhorlari kishini bezovta qiladi.

Ko'pchilikning haftalik hamrohiga aylangan nashrlarda turli qiziqarli mavzular bilan birga «Muhabbat bekati», «Dil izhori» kabi sahifalar ham borki, yoshlarimiz unga befarq qaray olishmaydi.

Bunday gazetalarni varaqlarkanmiz, ulardagi maktublarning aksariyati qizlar tomonidan yozilganini ko'ramiz. Bir sahifada 8 ta xat berilgan bo'lsa, shundan 7 tasi qizlarniki. Ochig'i, ulardagi dil rozlaridan ogoh bo'lib, bugungi qizlarimizning tarbiyasi haqida jiddiy bosh qotirish zarurligiga amin bo'ldik.

«Farhod bilan internet orqali tanishganmiz. Bir-birimizni ko'rmagan bo'lsak-da, o'rtamizda muhabbat uyg'onganiga ishonchim komil» deb yozadi bir qiz.

Bor-yo'g'i internet tarmog'i orqali tanishgan yigitni sevib qolganiga «ishonchi komil»ligi bu qizning dunyoqarashi haminqadar ekanligini ko'rsatib turibdi. Bundan tashqari, yoshlarning ermagiga aylangan «chat»lardagi sevgi maktublari, ulardagi ma'lumotlar haqqoniyligiga kim kafolat beradi?

«Qiz bolaning izhori g'alati tuyulsa kerak. Ammo... Yuragimdagi g'alayonga ortiq chidolmayman. Faxriddin, men sizni yaxshi ko'raman. Kimligimni vaqti kelganda bilib olasiz...» deb yozadi keyingi maktub sohibasi. Haqiqatan ham, qiz bolaning sevgi izhor qilishi har qanday yigitni ham hushyor torttiradi. Ammo turmush o'rtog'ining hatto uylanganini eshitganda ham o'zbekona ibosini unutmagan Kumushning og'zidan biror marta «Sevaman» degan so'z chiqqanmidi? Bir necha oylab sevgilisini ko'rmasa-da, «Chidolmayman» deganmidi u?

Shu mazmundagi dil nomalarini o'qirkanmiz, ularda «Endi sevgi azobidan qanday qutulay, endi nima bo'ladi?» kabi savollar ko'pligini sezdik. Xat yozayotgan qizlarning onasi ular bilan suhbatlasharmikan, ularning o'y-xayollaridan boxabarmikan degan savollar dilga tikandek qadaladi. Axir balog'at ostonasidagi qizlarga hammadan ham ko'ra onasi yaqin bo'lishi lozimligi hammamizga ma'lum-ku. Maktablarda tashkil qilingan qizlar klublari faoliyatida o'quvchilar bilan qaysi mavzularda suhbatlar uyushtirmoqda? Ta'lim muassasasida qizlar majlisi o'tkazilganda hozirgi kunda nima masala kun tartibiga qo'yilyapti? U haqiqiy ma'noda qizlarning yig'iniga aylanayaptimi? Tarbiyaviy saboqlarimizdan samarani ololayapmizmi?

Dil izhorlari orasida eng ko'p tarqalganlari xonandalarga atalgan maktublardir.

Biz faqat qizlarni tanqid qilish fikridan yiroqmiz. O'z o'rnida, qizlarimizning millatimizga xos tarbiyasiga oilada va maktabda jiddiy e'tibor berish lozimligini ham ta'kidlab o'tmoqchimiz.

Ba'zan kontsertlarda erkak xonandalarga qizlarimizning munosabatini ko'rib uyalib ketasan kishi. Ularning o'zini tutishi oldida boyagi qo'shiqchi ham xijolat tortadi.

«Sevimli xonandam...! Qo'shiqlaringiz, tabassumingiz muxlislar dilini sel qiladi. Nega so'nggi paytlarda televideniyada ham, gazetada ham intervyu bermay qo'ydingiz? Biz tomonlarga qachon gastrol safari bilan kelasiz? Boraman degandingiz. Qancha kutaylik?»

Qancha kutaylik? So'roqning o'zi juda g'alati. Muxlisa qizimiz xonandadan nima kutayapti, nima talab qilayapti? Ilgari ahdlashgan yigitni harbiyga kuzatgan, u yo'g'ida sovchi kelganida otasiga bir og'iz siri haqida gapira olmay turmushga chiqqanlarni ko'p eshitganmiz. Balki, ana shunday iboli ayolning nabirasi yozgandir bu maktubni?

«...ning «...» filmidagi rolini ko'rib, unga nisbatan qiziqishim yanada oshdi. Ko'zlari, ajoyib tabassumi, yoqimli chehrasi qizlarni be'etibor qoldirmasligi aniq.» Aslida Yaratgan har bir ishda erkakni tashabbuskor qilib yaratgan. Nahotki, bizning nomusimiz sanalgan qizlarimiz tabiatning ana shu qonuniga qarshi chiqib bo'lmasligini uqmaganlar?

«Visol borligiga ishonaman, endi qandoq chidayman» kabi yalang'och satrlarni o'qib, ular orasida bizning ham singlimiz, qo'shnimiz, tanishimiz yo'qmikan, deb xavotirlandik.

Категория: Islom Dunyosi | Joyladi: HackDS5 (05-Mart-2008)
Ko'rildi: 600 | Reytingi: 3.7/3 |
Barcha Izoxlar: 7
11-Sentyabr-2008
7. Assalomu alaykum (maham5555)


man qizlarning buzilib ketishiga ko`proq tilivizirdan beriladigan turli xil kinolar sababchi deb o`yliyman



11-Sentyabr-2008
6. Assalomu alaykum (maham5555)


zo`r rahmat



01-Avgust-2008
5. muhammad (michigan)


diyora qiziq nnimaga sizga aynan teyip ketti shu hat.



01-Avgust-2008
4. muhammad (michigan)


dolzarb mavzu...bosh qotirsa arziydi..



30-Iyun-2008
3. abdusalam (abduvali)


men ima deyishga hayronman



26-Iyun-2008
2. akmal (akmal12)


Ey(diyora) musulmonmisan E padaringga la'nat, ota-onang ham uzingga o'hshab rasvo busa kerak, biror narsaga javob yozishdan oldin uni tushuna olish zarur, bu maqola sen uchun emas, boshqa o'zbek musulmon ayollari uchun o'rnak olish uchun chop etilgan deb hisoblayman



05-Iyun-2008
1. diyora (didi)


EE QO'YSELACHI BU NMA DIGAN GAP. HURMATLI SHU MAQOLANI YOZGAN ODAM. BIZA HOZIR UMUMANBOSHQA ZAMONDA YASHAVOMMIZA. KUMUSHNIN ZAMONI BOSHQA ESI. KUNUSH ZAMONIDAGILAR HAM KUMUSHDAN OLDINGI ZAMONNI PESHLASHGAN. VISOL BORLIGIGA ISHONAMAN DIB TURIB BU QIZ SIZ ETVOTGAN VISOLNI NAZARDA TUTGANIGA ISHONCHINGIZ KOMILMI? QIZ BOLADA HAM KO'NGIL BOR. INSON HOHLIDIMI YUQMI ZAMON INSONNI UZGARTIRADI. MAN HICH QAYSI DINIY KITOBDA QIZ BOLAGA SEVISH MA'N ETILADI DIGAN JOYINI UQIMANAN EKANMAN. BU BILAN HAMMA QIZLAR XAQ DIMOQCHI EMADMAN. TUGRI ORAMIZADA YOMON QIZLAR HAM BOR. LEKIN BUNAQA BIROVNI DIL NOMASINI GAZETADAN OLIB TANQID QILISHGA SIZNI UMUMAN HAQQINGIZ YUQ DIP HISOBLMIMAN. FAKT BN YOZING MAQOLANGIZNI. QANI USHA QIZDAN SHU XATINI SHU MA'NODA YOZUMIDIN DIP SO'RAB KURINCHI?! JAVOBINGIZNI KUTAMAN.



Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin.
[ A'zo bo'ling | KIRISH ]
Portalga Kirish
Login:
Parol:
 
Eslab Qolsinmi
IZLASH
Foydali linklar
Saytga Kirganlar Soni

Web Design & Web Создател O'zbekona Portal. Saytning barcha huquqlari rezervlab qo`yilgan Ucoz.Ru Agentligi tarafindan. www.SardorMirzo.Com :::O'zbekona:::Portal::: © 2008 |