Sakkizinchi hadis. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Albatta Alloh taolo marhamatlidir. Faqat marhamatli bo'lganni qabul qiladi. Alloh taolo yuborgan payg'ambarlariga buyurgan narsalarini mo'minlarga ham buyuradi. Bu haqda Alloh taolo quyidagi oyatlarni nozil qilgan: (Yuborgan barcha payg'ambarlarimizga shunday dedik): Ey payg'ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar! Albatta Men qilayotgan amallaringizni bilguvchidirman¦ (Mo''minun surasi, 51-oyat),Ey mo'minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz - pokiza narsalardan yenglar¦ (Baqara surasi, 172-oyat). Bir kishi safarda uzoq yuradi. Sochlari to'zib, kiyimlari changib ketadi. Va qo'lini osmonga cho'zib, Ey Rabbim, ey Rabbim¦, deydi. Uning yeyayotgan taomi harom, ichayotgan ichimligi harom, kiyayotgan kiyimi harom hamda ozuqasi harom. Qaerdan uning (duolari) ijobat qilinsin?!¦ dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.