O'ninchi hadis. Tamiym ad-Doriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Din xayrixohlikdir¦, deganlarida, sahobalar: Kim uchun, ey Rasululloh?¦ deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Allohga, kitobiga, rasuliga va musulmonlar imomi hamda ommasiga¦, deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari. (Allohga bo'lgan xayrixohlik - Unga imon keltirib, aytganlarini qilib, qaytariqlaridan qaytish. Kitobiga bo'lgan xayrixohlik - undagi narsalarga bo'ysunib, tilovat qilish. Rasuliga bo'lgan xayrixohlik- u olib kelgan risolatni tasdiqlash. Musulmonlar imomiga bo'lgan xayrixohlik- ularga haq yo'lda bo'lsalar, ularga yordam berib, itoat qilish. Ommaga bo'lgan xayrixohlik-amru-ma'ruf, nahiy-munkar qilib hamda aziyat bermaslik bilan bo'ladi... - tarj.) |