|
|
 | |  |
 |
Maqolalar soni: 7 Ko'rinib turgan fayllar soni: 1-7 |
Saxifalar: [1] |
|
Abu Dardoning o'gitlari Yaxshilaringizni sevib, siz haqingizda haq bir gap aytilganida qabul qilar ekansiz, xayr-barakot ichrasiz. Chunki haqni qabul etgan ham haq bilan amal qilgan kishi kabidir. Xalqni u mas'ul bo'lmagan narsalarga mas'ul qilmang va Alloh nomidan hech kimni so'roqqa tutmang. Ey inson o'g'li! Sen o'z amalingga boq. Zero, xalqdan ko'rganlarini surishtiradigan kishi har doim qayHu chekadi va hech qachon alami so'nmaydi. Allohga Uni ko'rib turgandek ibodat qilingiz. O'zingizni o'liklardan sanangiz. Bilingki, kun kechirishga yetgulik oz sarvat sizni yo'ldan ozdirib, Haflatga tushiruvchi katta boylikdan yaxshiroqdir. Yodingizda bo'lsin, yaxshilik chirimaydi va yomonlik unutilmaydi. Yaxshilik mol va farzandlarning ko'pligida emas. Yaxshilik keng fe'lli, axloqli bo'lish, ilm olish va Allohga ibodat qilishda boshqalarga ibrat bo'lishdadir. Yaxshilik qilganingizda Allohga hamd ayting, mabodo biror gunoh ish sodir etib qo'ysangiz, albatta Allohdan mag'firat so'rang¦.
|
|
Utba ibn G'azvonning o'gitlari Xolid ibn Umayr al-Aviydan rivoyat qilinadi: "Utba ibn G'azvon, roziyallohu anhu, Basrada hokim bo'lganida bizga bir xutba o'qidi. Allohga hamd va sanodan so'ng shunday dedi: Ey insonlar! Dunyo bizdan ayrilmoqchi ekanini xabar bermoqda va bizdan yuzini burib tezlik bilan uzoqlashmoqda. Bizga bu dunyomizdan, bir kosa suv ichilgach, idishning tagida qoladigan bor-yo'g'i bir tomchi kabi narsa qolgan, xolos. Siz bu dunyodan so'ngsiz bir hayotga o'tish arafasidasiz. Shunday ekan, qo'lingizda eng xayrli narsa nima bo'lsa, o'shani o'zingiz bilan olib ketishga Hayrat qiling. Bizga xabar berilishicha, jahannam shunchalar chuqurki, uning ichiga bir tosh otilsa, yetmish yilda ham tubiga yetib bormaydi. Allohga qasamki, bu so'ngsiz bo'shliq insonlar bilan to'lajakdir. Bunga hayron bo'lyapsizmi? Bizga tushuntirishlaricha, jannat eshigining ikki pallasi orasi qirq yillik masofadir. Kun kelib, insonlar ana shu joyda qisilib qolishadi. Eslashimcha, yetti kishi hamisha Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida qolardi. Men ham ulardan biri edim. Daraxt yaproqlaridan boshqa ozuqamiz yo'q edi. Yaproq yeyaverganimizdan lab-lunjlarimiz tars-tars yorilar edi. Kunlardan bir kun bir sholcha topib oldim. Uni Sa'd ibn Molik ikkimiz bo'lishib, kiyim qildik. Bugun esa har birimiz bir o'lkaning hokimlarimiz. O'zimizcha buyuk, Alloh nazdida esa kichik bo'lib qolishdan Alloh taoloning panoh berishini tilayman".
|
|
Ubay ibn Ka'bning o'gitlari Mo'min to'rt vasfga egadir. U boshiga musibat kelsa, sabr qiladi. Bir ne'mat berilsa, shukr qiladi, gapirsa, to'g'ri gapiradi va adolat bilan hukm chiqaradi. Mo'minning besh narsasi nurdir. Mo'min kishi haqida Alloh "Nur'un a'la nur" (nur ustiga nur) yog'dirgan. Inchunun, mo'minning yaxshi so'zi nur, bilimi nur, kirgan yeri nur, chiqar joyi nur va qiyomat kuni boradigan joyi nurdir. Kofir esa besh zulmat ichidadir. Uning so'zi zulmat, ishi zulmat, kirgan va chiqqan joylari zulmat, qiyomat kuni borar manzili zulmatdir¦.
|
|
Abu Umomaning o'gitlari Sulaym ibn Omirdan, roziyallohu anhu, rivoyat qilinadi: "Abu Umoma bilan Shomda bir dafn marosimida birga edik. Janoza o'qilgach, mayyitni ko'ma boshladilar. Shunda Abu Umoma al-Balxiy baland ovozda dedilar: ? Ey insonlar! Bugun siz yaxshilik va yomonliklar ajratib olinayotgan hayot uyida yashamoqdasiz. Va (qabrni ko'rsatib) juda yaqin bir kunda boshqa uyga, mana bunday qabrga ko'chib o'tishga majbursiz. Bu qabr yolg'izlik, qoronHulik uyidir, bo'rilar uyidir, siqilish va tanglik-qiyinchilik uyidir.
|
|
Hazrat Alining (r.a.) vasiyati Hazrati Ali (r.a.) o'g'li Hazrati Hasanga vasiyat qilgan edilar: -Bilmagan narsang haqida so'zlama; -vazifang bo'lmagan ishga kirishma, har ishni ahliga qoldir; -falokat kelishidan qo'rqqan yo'lingni tark et, zero bir ishda falokat sezilganda, unit ark etmoq qo'rquv bilan olg'a surmoqdan hayrlidir; -o'zingdan kuchli zolimlar orasida sabr etmoqqa o'rgan, zero, haqsizlik qarshisida haq uchun sabr etmoq eng yaxshi axloqdir; -kishi dunyoda oxirati uchun nima hozirlagan bo'lsa, ertaga shu narsaga erishadi; -so'z ahli bo'lishdan ko'ra ish ahli bo'lgin.
|
|
Usmon ibn Affonning o'gitlari Badr ibn Usmon, roziyallohu anhu, amakilaridan rivoyat qiladi: "Usmon ibn Affon, roziyallohu anhu, xalifa etib saylangach, masjidga chiqdi. Nihoyatda xafahol va yuzlari so'lHin edi. Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, minbarlariga chiqib, Allohga hamd, Payg'ambarimizga salovot aytgach, shunday dedi:
|
|
Hazrati Umarning o'gitlari "Shu yulduzlar ilmidan sizga quruqlik va suv qoronHuliklarida yo'l ko'rsatuvchi bo'ladigan darajada, tarix ilmidan esa xalqaro munosabatlardan xabardor etadigan miqdorda o'rganingiz.
|
[1-7] |  |
 | |  |
|
| Saytga Kirganlar Soni |  |
|