:::O'zbekona:::Portal:::

Bosh Saxifa | A'zo bo'ling | KIRISH
Payshanba, 20-Noyabr-2008, 14:02
Siz bizning qadrdon Mexmon | RSS
MENYU
Islom Olami
Lavxalar [7]
SAVOLLAR
Rus tilidagi Kinolarni ko'rishni istaysizmi?
Barcha Javoblar: 3935
Mini-Chat
Bosh Saxifa » Статьи » Saxobalar (r.a) Xayotlari » Lavxalar

Buyuk sahobalar o'gitlari
Usmon ibn Affonning o'gitlari
Badr ibn Usmon, roziyallohu anhu, amakilaridan rivoyat qiladi:
"Usmon ibn Affon, roziyallohu anhu, xalifa etib saylangach, masjidga chiqdi. Nihoyatda xafahol va yuzlari so'lHin edi. Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, minbarlariga chiqib, Allohga hamd, Payg'ambarimizga salovot aytgach, shunday dedi:
? Siz o'tkinchi bir hayot uyidasiz va umringizning qolgan qismi ham o'tishini kutmoqdasiz. Shu holda hanuz o'lim kelmay turib, ishlarning eng afzalini qilib olishga shoshiling. Bir qarabsizki, kutilmagan bir soatda ushlanib qolasiz. Unutmangki, bu dunyo yolg'on va aldov ustiga bino bo'lgan.
"Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo'ymasin va sizlarni aldamchi (shayton) Alloh (kechiraveradi, degan aldov) bilan aldab qo'ymasin" (Luqmon, 33, mazmuni).
Sizdan avval o'tgan kimsalarning holidan ibrat oling. So'ng sa'y-harakat qiling va Haflatda qolmang. Zero, siz Haflatga tushib qolsangiz hamki, ishlaringizni hisob-kitob qilishda sira Haflatga tushilmaydi. Dunyoda ekinlar ekib-o'rgan, baland koshonalar qurgan va uzoq vaqt zavqu safo surgan dunyoning o'g'illari, birodarlari bugun qaerda? Dunyo ularni yutib yubormadimi? Jalil Alloh dunyoga naqadar ahamiyat bermaganidek, siz ham shunday unga berilmang. Oxirat uchun harakat qiling. Alloh subqanahu va taolo dunyo hayoti haqida shunday tamsil qilgan: "(Ey Muhammad, odamlarga) dunyo hayoti misolini keltiring. (U) xuddi suv kabidirki, Biz uni osmondan yog'dirgach, (bahorda) u sababli yer o'simliklari (bir-biriga) aralashib (qalinlashib) ketur, so'ngra (kuzda) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur".
Категория: Lavxalar | Joyladi: __---------__ (28-Oktyabr-2007)
Ko'rildi: 891 | Reytingi: 0.0/0 |
Barcha Izoxlar: 1
05-May-2008
1. abdulhamid (namangan_uz)


huddi biz haqimizda aytilgandek



Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin.
[ A'zo bo'ling | KIRISH ]
Portalga Kirish
Login:
Parol:
 
Eslab Qolsinmi
IZLASH
Foydali linklar
Saytga Kirganlar Soni

Web Design & Web Создател O'zbekona Portal. Saytning barcha huquqlari rezervlab qo`yilgan Ucoz.Ru Agentligi tarafindan. www.SardorMirzo.Com :::O'zbekona:::Portal::: © 2008 |