:::O'zbekona:::Portal:::

Bosh Saxifa | A'zo bo'ling | KIRISH
Payshanba, 20-Noyabr-2008, 13:52
Siz bizning qadrdon Mexmon | RSS
MENYU
Islom Olami
Lavxalar [7]
SAVOLLAR
Rus tilidagi Kinolarni ko'rishni istaysizmi?
Barcha Javoblar: 3935
Mini-Chat
Bosh Saxifa » Статьи » Saxobalar (r.a) Xayotlari » Lavxalar

Buyuk sahobalar o'gitlari
Utba ibn G'azvonning o'gitlari
Xolid ibn Umayr al-Aviydan rivoyat qilinadi: "Utba ibn G'azvon, roziyallohu anhu, Basrada hokim bo'lganida bizga bir xutba o'qidi. Allohga hamd va sanodan so'ng shunday dedi:
Ey insonlar! Dunyo bizdan ayrilmoqchi ekanini xabar bermoqda va bizdan yuzini burib tezlik bilan uzoqlashmoqda. Bizga bu dunyomizdan, bir kosa suv ichilgach, idishning tagida qoladigan bor-yo'g'i bir tomchi kabi narsa qolgan, xolos. Siz bu dunyodan so'ngsiz bir hayotga o'tish arafasidasiz. Shunday ekan, qo'lingizda eng xayrli narsa nima bo'lsa, o'shani o'zingiz bilan olib ketishga Hayrat qiling. Bizga xabar berilishicha, jahannam shunchalar chuqurki, uning ichiga bir tosh otilsa, yetmish yilda ham tubiga yetib bormaydi.
Allohga qasamki, bu so'ngsiz bo'shliq insonlar bilan to'lajakdir. Bunga hayron bo'lyapsizmi?
Bizga tushuntirishlaricha, jannat eshigining ikki pallasi orasi qirq yillik masofadir. Kun kelib, insonlar ana shu joyda qisilib qolishadi. Eslashimcha, yetti kishi hamisha Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, yonlarida qolardi. Men ham ulardan biri edim. Daraxt yaproqlaridan boshqa ozuqamiz yo'q edi. Yaproq yeyaverganimizdan lab-lunjlarimiz tars-tars yorilar edi. Kunlardan bir kun bir sholcha topib oldim. Uni Sa'd ibn Molik ikkimiz bo'lishib, kiyim qildik.
Bugun esa har birimiz bir o'lkaning hokimlarimiz. O'zimizcha buyuk, Alloh nazdida esa kichik bo'lib qolishdan Alloh taoloning panoh berishini tilayman".
Категория: Lavxalar | Joyladi: __---------__ (28-Oktyabr-2007)
Ko'rildi: 681 | Reytingi: 0.0/0 |
Barcha Izoxlar: 1
15-Yanvar-2008
1. Abdullox Nuriddin (Abdullox)


raxmat Olloh rozi bo'lsin



Ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilargina izox qoldirishlari mumkin.
[ A'zo bo'ling | KIRISH ]
Portalga Kirish
Login:
Parol:
 
Eslab Qolsinmi
IZLASH
Foydali linklar
Saytga Kirganlar Soni

Web Design & Web Создател O'zbekona Portal. Saytning barcha huquqlari rezervlab qo`yilgan Ucoz.Ru Agentligi tarafindan. www.SardorMirzo.Com :::O'zbekona:::Portal::: © 2008 |