Yuksak martaba Anas ibn Molikdan, roziyallohu anhu: "Janobi Payg'ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam: ? Qiyomat kuni martabalariga payg'ambar va shahidlar ham havas qiladigan va Alloh dargohida nurli minbarlar ustidagi joylari bilan taniladigan kishilarning xabarini berayinmi? ? deya marhamat qildilar. ? Ular kimlar, yo Rasulalloh? ? so'rashdi ashob. ? Allohning qullarini Alloqga va Alloh taoloni Uning qullariga sevdirish uchun intilgan va yer yuzida zimmalariga irshod vazifasi yuklangan odamlardir. ? Yo Rasulalloh! Allohni Allohning qullariga sevdirmoq tushunarli. Biroq Allohning qullarini Allohga sevdirish qanday bo'ladi? ? deb so'radim. ? Ularni Alloh sevgan narsalarga tashviq etishadi va Alloh yomon ko'rgan narsalardan qaytarishadi. Ular bunga quloq osib, amal qilishsa, Alloh ularni sevadi, ? deb marhamat qildilar Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam¦.